KO’N

KO’N — mol, echki, qo’y va boshqa hayvonlar terisidan tayyorlangan charm turi. Ko’nning bedona, amirkon, xrom (xrom tuzlari bilan ishlov berilgan), shagren (qo’y, echki terisidan tayyorlangan), upuka (buzoq, terisidan tayyorlangan) xillari bor. Qadimda Ko’nni mahalliy kosib-ko’nchilar o’z xonadonlarida tayyorlaganlar. Ba’zi mahalla va qishloqlar ko’nchilikka ixtisoslashtirilgan. 20-asr boshlariga kelib ko’nchilikning sanoat usuli paydo bo’ldi. O’zbekiston hududidagi vdaharlarda ko’n zavodlari qurila boshladi. Dastlab bu zavodlar teri zavodi, teri ishlash zavodi, keyinchalik kun zavodlari deb nomlangan. “Kun” atamasining mazmuni bir muncha kengayib, umuman pishirilgan mol terisining barcha turlarini o’z ichiga oladigan ma’no kasb etgan.