Kondensator

Kondensator (lot. condenso — zichlayman, quyultiraman) — 1) issiqlik texnikasida — gazsimon modda (bug’) ni kondensatlovchi apparat; issiqlik Alma- shinish apparatining bir turi. K.ning sirtqi va kontakt (yoki aralashtiruvchi) xillari bor. S i r t q i K.da suv bug’i ichidan sovuq suv oqadigan quvur devo- riga tegib kondensatlanadi. Kontakt K.da suv bug’i bevosita sovituvchi suvga tegib kondensatlanadi. Bunday K.lar kimyo sanoatida, issiqlik energeti- kasida (q. Kondensasion elektr Stan- tsiya, kondensasion turbina), bug’latish qurilmalari (distillyat olish, bug’ara- lashmalarini ajratish uchun) va b.da ishlatiladi. 2) Elektr K. — elektr za- ryadlarni yig’uvchi qurilma. Dielektri- klar b-n ajratilgan ikki yoki undan ortiq elektrod (qoplama)dan iborat. K.ning qog’ozli, gazeimon dielektrik- li, keramik, plyonkali, yarimo’tkazgichli, elektrolitik va b. xillari mavjud. Ular o’zgarmas, o’zgaruvchan va yarimo’zgaruvchan elektr sig’imli bo’ladi. K.lar elektro- texnika va radiotexnika, televidenie, elektronika, hisoblash texnikasi va b. da qo’llaniladi.