KO’NIYA SULTONLIGI
KO’NIYA SULTONLIGI (Ikoniy, Rum yoki Saljuqiylar sultonligi) — Kichik Osiyoda o’rta asr davlati (11 -asr oxiri — 14-asr boshi). Poytaxti dastlab Nikeya, keyinchalik Kuniya (Ikoniy) bo’lgan. Saljuq turklari kichik Osiyodagi Vizantiya yerlarini bosib olib, Ko’niya sultonligini tuzganlar. Ko’niya sultonligiga donishmandiylar sultonligi (1157), Anadolu (1207), Sinop (1214) qo’shib olindi. Sulton Alouddin Kayqubod davri (1219-36) sultonlikning eng gullagan davri hisoblangan. Ko’niya sultonligining asosiy shaharlari — Ko’niya, Qaysari, Sivas va boshqa hunarmandchilik markazlari bo’lgan. 1243 yil Ko’niya sultonligi Erondagi mo’g’ullar (Elxoniylar)ga tobe bo’lib qoldi. 1307 yilga kelib, mayda bekliklarga bo’linib ketdi. Ulardan biri — Usmon bekligi 14-asrda Usmonli turk imperiyasining paydo bo’lishida asosiy rol o’ynagan.