Konstruktivizm
Konstruktivizm (lot. constructs — qurish, yasash) — 20-a.ning 20-y.lari san’at va adabiyotda vujud- ga kelgan oqim. Dastlab me’morlikda kurilish texnikasi va texnologiyasi yutuqlari ta’sirida yuzaga keldi va ri- vojlandi. K. badiiy loyihalash (dizayn) ni shakllanishiga har taraflama imkon yaratdi. K. tarafdorlari atrof muhitni “kurish” vazifasini ilgari surdilar. Qurilgan bino va yaratilgan buyumlar- ni sodda va ixcham, qulay va maqsadga muvofiq bo’lishini e’tirof etdilar. Me’mor va rassomlar hamkorlikda odam- lar yashaydigan muhitni yaratib, ular- ning kayfiyati, mehnat faoliyatiga ta’- sir etish mumkin deb bildilar. K. naza- riyotchilari ingliz J.Reskin, U.Morris, amerikalik X.Grinua, L.X.Salmiv, AV- striyalik o.Loza, frantsuz o. Perre, Le Korbyuze, nemis me’morlari V. Gropi- US, X.Meyer, rossiyalik aka-uka Vesnin- lar, M.Ginzburg va b.ning amaliy va na- zariy qarashlarida shu yo’nalish g’oyalari o’z aksini topdi. Evropa, Amerika, Osiyo- da keng yoyilib “xalqaro uslub” daraja- siga ko’tarildi. O’zbekistonda me’mor- lardan g.P.Bauer, G.M. Svarichevskiy, S.N.Polupanov va b. K. uslubini keng qo’llashga harakat qilishgan. Tasviriy va amaliy san’atda idish, mebel, jihozlarning yangi nusxalari, gazlamalar uchun rasmlar yaratildi, kiy- imlarning yangi va qulay shakllari ishlab chiqildi, K. grafika rivoji, kitob ishi, harf terish va b.da muhim ahamiyat kasb etdi. Teatr dekorasiyasida an’anaviy bezaklar o’rniga sahnadagi harakat maz- muniga xizmat qiladigan “dastgoh”lar yaratildi. O’zbekiston tasviriy san’ati- da V.Ufimtsev ijodida K. ta’siri kuza- tiladi, 60-70-y.larda plakat janrida keng qo’llanildi. K. kridalari F. Kaga- rov, I.Abdullaev, H.Hasanov va b. ijo- dida o’z aksini topdi. Adabiyotdagi K. dastlab Rossiyadagi “so’l” oqim — futurizm ichida namo- yon bo’ldi. 1924-30 y.larda konstruk- tivistlarning adabiy markazi guruhi mavjud bo’lib, unga I.Selvinskiy, K.Zelinskiy, V.Inberg, E.Bagriskiy, B.Agalov va b. kirgan edi. K. vakillari badiiy asarga “konstruktsiya” sifati- da qarab, obrazning har bir unsuriga “ma’no yuklashga” harakat qiddilar. Bu amalda sxematizmga, shior va reklama uslubiga olib keldi. Mumtoz meros- ning ahamiyatini etarli baholamaslik K.ni futurizm b-n yaqinlashtirdi. K.ga moyillik 20-y.larda Shokir Sulaymon, G’ayratiy kabi o’zbek shoirlarining ijo- dida ham sezilgan. Konstruktivistlar- ning adabiy markazi jamoatchilikning qattiq tanqidiga uchradi, faoliyatini 1930 y.da tugatdi.