Kontrabas
Kontrabas (ital. contrabasso) — skripkalar oilasiga mansub so- zlarning eng kattasi (bo’yi 2 m gacha), eng past ovozli torli-kamonli musiqa cholg’usi. 17 – a. o’rtasida italyan musiqa ustasi M.Todini ixtiro qilgan. Kvar- ta oralig’ida sozlanadigan 4 tori bor (E,— A,—D—G). K. ko’proq orkestr va ansamblda, ba’zan yakkanavoz soz sifati- da qo’llaniladi. Mashhur virtuozlar — J.Bottezini (Italiya), E.Nanni (Fran- tsiya), S.Kuseviskiy, R.Azarxin (Rossiya) va b. Boshqa musiqa asboblarining eng yo’ton ovozli turlari ham K. deb ataladi (mas, Tuba-K., trombon-K., balalayka-K.). O’zbek xalq cholg’ulari orkestri uchun qayta ishlangan sozlar orasida dutor-K., g’ijjak-K.lar mavjud.