Kontralto
Kontralto (ital. contralto) — ayol xonandalarning eng past (nis- batan yo’g’on) ovozi. Diapazoni g — A2. Mashhur opera partiyalari: Konchakov- na (A.Borodin, “Knyaz Igor”), Olga (P.Chaykovskiy, “Evgeniy Onegin”) va b. Kompozitorlar ba’zida o’spirin par- tiyasini ham K. ovozli xonandalar uchun mo’ljallab yozgan: Kerubino (V.Mosart, “Figaroning uylanishi”), Zibel (Sh.Guno, “Faust”), Lel (N.Rimskiy- Korsakov, “krr qiz”) va b. O’zbekiston kompozitorlaridan A.Kozlovskiy (“Ulug’bek” operasi), S.Yudakov (vokal- simfonik asarlari) K. ovozidan foyda- lanishgan.