KONVERGENTSIYA NAZARIYASI
KONVERGENTSIYA NAZARIYASI (lot. yaqinlashuv) — ijtimoiy-siyosiy va politologik konsepsiya. Unga ko’ra sanoati rivojlangan jamiyatlarda mavjud umumiy tarkibiy va funktsional jihatlar (masalan, fanning ishlab chiqarishga kirib kelishi, ratsionallashuv va byurokratlashuv, iste’mol jamiyati, ta’limning, daromadning, turmush darajasining tenglashishi va globallashuv siyosiy va ijtimoiy jihatdan qarama-qarshi tizimlar – kapitalizm va sosializmning – kelajakda aralash jamiyatlarga birlashishi ehtimoli mavjud (Dj. Gelbreyt, Aron, Tinbergen). XX asrning 70-yillarida negativ konvergensiya konsepsiyalari vujudga keldi (Markuze, Xabermas). Unga ko’ra sotsializm va kapitalizm asosan bir-biridagi salbiy elementlarni o’zlashtiradilar. Konvergentsiya nazariyasi bugungi kunda ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q.