Konyak

Konyak (Frantsiyadagi konyak sh. nomidan) — oq uzumdan olingan konyak spirtidan tayyorlanadigan ichimlik. Olingan 65-70% li spirt eman (dub) bochkalarda saqlanadi. Bochka taxtacha- larining orasidan kirgan kislorod hisobiga yangi K. spirti oksidlanadi va hosil bo’lgan uchuvchan organik kislo- talar, emanning o’ziga xos hidli modda- lari unga sarg’ish rang va K. bo’yini be- radi. Tayyorlanish texnologiyasiga ko’ra, oddiy (3-5 yillik spirtdan), markali va kollektsion turlarga bo’linadi (Mar- kali K. 6 y.dan 50 y.gacha saqlangan K. spirtidan tayyorlanadi). O’tkir K. Spir- tidan 40-41° li K. tayyorlash uchun unga distillangan suv qo’shiladi. K. spirit 3, 4, 5 y. saqlansa va spirt hajmi 41% bo’lsa, shishadagi yorlikda ham 3, 4, 5 yul- duz surati ko’rsatiladi. Saqlash muddati 6-7 yil, spirt hajmi 42% bo’lsa uzoq saqlangan oliy sifatli K., 10 yildan oshiq saqlangani eski K. deyiladi va shisha yorlig’iga saqlangan muddatlarini ko’rsatuvchi maxsus belgilar qo’yiladi. K. ishlab chiqarish Frantsiyadagi ko- NYaK sh.da keng rivojlangani uchun bu ichimlik shu shahar nomi b-n atalgan. O’zbekistonda Yangiyo’l va Samarqand VI- nochilik korxonalarida “O’zbekiston”, “Shodlik”, “Anhor”, “Samarqand”, “Af- rosiyob” va b. markali K.lar yuqori sifat- li hisoblanadi. 2000 y.da O’zbekistonda 131 ming dal K. ishlab chiqarildi. Olimjon Alimov.