KO’P TUKLI CHUVALCHANGLAR

KO’P TUKLI CHUVALCHANGLAR, polixetalar (Polychaeta) — halqali chuvalchanglar sinfi. O’z. 2 mm dan 3 m gacha. Tanasi juda ko’p (bir necha yuzta) halqalardan iborat. Har bir halqada bir juftdan ko’p tukli yassi ko’raksimon o’simtasi — parapodiysi bo’ladi (nomi shundan olingan). Para- podiylar harakatlanish va, ko’pincha, jabralar vazifasini bajaradi. Ay- Rim o’troq yashovchi turlarida bu vazi- fani bosh tomonidagi paypaslagichlar o’taydi. Ko’zlari (ko’pincha, oddiy), mu – vozanat organlari rivojlangan. 25 taga yaqin turkumga bo’linadi. 7000 dan ortiq turi ma’lum. Ko’pchilik turlari dengiz- larda, ayrim turlari chuchuk suvlarda va tropik o’rmonlardagi barg to’shalmasida yashaydi. Erkin suzib yuradi; balchiqqa ko’milib oladi, bir qancha turlari kum va balchiqdan ko’rgan vay — inlarida hayot kechiradi. Ko’pchiligi ayrim jinsli, tashqi urug’lanadi. Metamorfoz orqali rivojlanadi: tuxumdan chiqqan troxofo- ra lichinkasi, asta-sekin bo’g’im chiqarib, voyaga etgan K.t.ch.ga aylanadi. Ayrim tur- lari ko’ndalangiga kurtaqlanish orqali jinsiy ko’payadi. Detrit b-n oziqlanadi; bir qancha turlari yirtqich. Deyarli bar- cha turlari suv hayvonlari ozig’i sifati- da katta ahamiyatga ega. Ayrim turlari- ning ikrasi eyiladi.