KO’P UKLADLI IQTISODIYOT

KO’P UKLADLI IQTISODIYOT -turli mulk shakllari va har xil xo’jalik turlarining yaxlitligidan tashkil top- gan iqtisodiy tizim. Xo’jalik yuritish tarzi va uklad sub’ektlari faoliyatini tashkil etishning o’ziga xos tizimiga ega bo’lgan turli i.ch. munosabatlarining birgalikda mavjud bo’lishi b-n yakka ukladli iqtisodiyotdan farq qiladi. Har qanday iqtisodiyot ko’p ukladli xa- rakterga ega. Iqtisodiyot tuzilmalarning o’zgaruvchanligi ukladlar xususiyatlariga katta ta’sir ko’rsatadi, natijada yangi ukladlar paydo bo’lgach, eskilari sifat jihatidan yangi ukladlarga aylanadi yoki yo’qolib ketadi. Bu jarayonlar, ayniqsa, bir iqtisodiy tizimdan ikkinchisi- ga o’tishda yoki uning o’zgarishida yaqqol ko’rivadi. Shunga muvofiq \olda uklad- lar 2 guruhga bo’linadi: o’tmishda ustun bo’lgan ijtimoiy tizimlarning qoldig’I tarzida mavjud bo’ladigan ukladlar; i.ch. usullari va ijtimoiy-iqtisodiy mu- nosabatlardagi o’zgarishlar natijasida paydo bo’ladigan ukladlar. Insoniyat- ning tarixiy taraqqiyoti davomida tur- li davrlarda biron-bir uklad hukmron mavqeida turgan. Mas, kapitalizmda, garchi davlat, mayda tovar i.ch. ukladla- ri mavjud bo’lsada, kapitalistik uklad hukmron bo’lgan. SSSR da davlat ukladi hukmron bo’lishiga qaramay (mulkning 90% davlat qo’lida to’plangan) mayda tovar, oilaviy va xufiya ukladlar ham mavjud bo’lgan. Hozir jahonda iqtisodiyotga ko’p uklad- lilik yangi sifat kasb etmoqda. I.ch. mu- nosabatlaridagi turli “bo’g’inlar”ning notekis o’zgarishlari har xil ukladlar- ni paydo etmoqda. Bunda ukladlarning o’zaro kurashi, birining ikkinchisi ustidan hukmronligi va zo’ravonligi jarayoni emas, balki i.ch. jihatidan ham, ijtimoiy-iqtisodiy jihatidan ham ularning birgalikda mavjudligi va o’zaro hamkorligi vujudga kelmokda (q. Aralash iqtisodiyot). Ayni paytda sama- radorlikdagi o’zgarishlar nuqtai naza- ridan ukladlar o’rtasida raqobatchilik xarakteri kuchayib bormoqda. Rivoj- langan bozor iqtisodiyoti sharoitlari- da amalda hukmron mavqeni egallagan uklad yo’q. Ukladlar faoliyati va ular- ning o’zaro munosabatlarini tartibga solishni davlat o’z zimmasiga oladi. Davlat qonunlar tizimi orqali mulk- chilik shakli, i.ch.ni tashkil etish va b. qanday bo’lishidan qat’i nazar, har bir uklad manfaatlarini himoya qiladi. Hoz. aralash iqtisodiyot kapitalistik, noka- pitalistik va bozor ko’rinishlaridagi xilma-xil ukladlardan iborat. Ko’pgina ukladlar faoliyatini xarakatlantiruv- chi kuch tadbirkorlik bo’lib, uning tur- li shakllari aralash iqtisodiyotning ko’p ukladli tarzda rivojlanishi shart- sharoiti va asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti xilma-xil, bir- biri b-n erkin raqobatlashadigan xo’jalik ukladlarini taqozo etadi. Hoz. zamon bozor iqtisodiyotida mayda tovar, jamoa, xususiy, monopollashmagan kapi- talistik, monopolistik, davlat monopo- listik, transmilliy ukladlar mavjud. Shuningdek, aralash va o’tkinchi ukladlar ham bor. Turli mamlakatlarda ukladlar nisbati har xil. Ukladlarning yaxlitli-gini bozor munosabatlari ta’minlaydi. Ukladlar bir-biriga tovarlar, axborot, tajriba, ish kuchi etkazib beradi. Ular o’zaro iqtisodiy aloqalarsiz rivojla- na olmaydi, ayni vaqtda ular raqobatda bo’ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekiston iqtisodiyoti ham turli mulk- chilik (davlat, jamoa, fuqarolar Mulki va xususiy mulk)ka va xo’jalik shaklla- riga tayanadi. O’zbekistondagi ko’p uklad- li iqtisodiyot tarkibida davlat sektori, jamoa-kooperativ sektor, individual sektor, xususiy sektor, aralash sector va xorijiy sektorlar bor. Davlat sek- toriga davlat korxonalari, jamoa sek- toriga har xil kooperativlar va shir- kat xo’jaliklari, individual sektorga tomorqa xo’jaligi, yakka tartibda ishlov- chilar, yakka dehqon xo’jaliklari kiradi. Xususiy sektorga ayrim tadbirkorlarga qarashli, yollanma mehnatga asoslangan va o’z egasiga fonda beruvchi korxonalar karaydi. Aralash sektor davlat-aktsiya- dorlik, qo’shma korxonalar, xorijiy sek- tor chet mamlakatlarga qarashli bo’lib, O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan korxonalarni o’z ichiga oladi. Alisher Vahobov.