Korolenko Vladimir Galaktionovich
Korolenko Vladimir Galaktionovich [1853.15(27).7, Jitomir – 1921. 25.12, Poltava] — rus yozuvchisi, publi- tsist, jamoat arbobi. Peterburg (1900— 02) va Rossiya (1918) FA faxriy a’zo- si. Ilk hikoyasi — “izlovchi hayotidan lavhalar” (1879). “Maftunkor” (1880), “Fyodor” (1885), “ko’r muzikachi” (1886), “Cherkas” (1888), “ot dovon” (1892), “Go’ng” (1895), “Shu’lalar” (1901) singari hikoya va qissalarida zulm, zo’ravonlikka qarshi chiqqan, istibdod va tuhmat qurboni bo’lgan mazlumlar qismati aks etgan. “Zamondoshim tarixi” (1922) avtobiografik asari va b. asarla- rida demokratiya va gumanizm g’oyalari il- Gari surilgan. 1920 y. Lunacharskiyga yoz- gan maktublarida [“Noviy Mir” (“yangi dunyo”) jur., 1988 y. №10, Moskva] Ros- siyadagi inqilob istiqboliga ishonmas- ligini bayon etgan va fuqarolar urushi- da bolsheviklarning beboshliklari haqida g’azab b-n yozib, sudsiz otishlar va bolalarning o’ldirilishiga qarshi chiqqan. Asarlari jahondagi ko’pgina tillarga, jumladan, o’zbek tiliga ham tarjima qilingan.