Korolyov Aleksey Vasilevich

Korolyov Aleksey Vasilevich (1897. 15.5, Ryazan — 1960.24.5, Tosh- kent) — geolog olim. O’zbekiston FA muxbir a’zosi (1960). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1947), geol.-mineralogiya fanlari D-ri (1942), prof. (1942). Moskva konchilik akademiyasini tugatgan (1926). O’rta Osiyo geol. boshqarmasi konsul- tant-geologi (1929-37). O’rta Osiyo po- litexnika in-tida dosent (1930-33), kafedra mudiri (1932). Ilmiy ishlari Qoramozor konlarining geologik xusu- siyati, elementlarning geokimyoviy tari- XI va erning rivojlanish tarixida ruda hosil qiluvchi elementlarning rolini aniqlashga bog’ishlangan. As: struktura i metallogeniya Alma- lika. Nekotorie Voprosi teorii Endo- gennogo rudoobrazovaniya, 2 izd., T., 1970.