KORXONANING YALPI DAROMADI

KORXONANING YALPI DAROMADI – yaratilgan mahsulotni sotishdan, turli pullik xizmatlar ko’rsatishdan, korxona ixtiyoriga tushadigan pul tushumlari yig’indisi (ya’ni yalpi mahsuloti)dan korxona moddiy xarajatlarini chegirib tashlaganda qolgan qismi. Korxona sof daromadi bilan ishchi, xizmatchilarga to’langan mehnat haqi birgalikda korxona yalpi daromadini tashkil etadi.