Ko’shk

Ko’shk (ko’chik) — to’rt ustunli, tomi qubbali, asosan, yog’ochdan qurilgan engil inshoot; pavilon, kiosk. Kelib chiqishi jihatidan oddiy o’tovga borib taqaladi. O’rta asrlar Sharq me’morligida keng tarqalgan. Dastlab qad. ko’chmanchi xalqlarning ko’chib yurishiga qulay uy (ko’chik) sifatida pay-do bo’lgan. Arana ustiga o’rnatilgan K.lardan ham foyda- lanilgan. Keyinchalik K.lar badavlat ki- shilar, hukmdorlar uchun bezakdor qilib bog’lar ichida qurilgan. Tarixiy manba- larda K. namunalari haqida ma’lumot- lar saqlangan. Vizantiya elchisi Zemarx 568 y.da O’rta Osiyo ko’chmanchilarining xo-qoni o’rdasida 4 tovus hayqalini ko’tarib turgan K.ni ko’rgani haqida yoz- gan. 738 y.da Termiz yaqinida Arab Sarkar- dasiga oltin va kumush b-n bezatilgan 2 K. taqdim etilgan va b. 10-15-a.larda K. me’morligi rivojlanib, aksari bog’ich- karisidagi sinchqori engil qurilmalar (K.lar) ustun, ayvon va boloxonali, zebu ziyvatli, hashamatli, ko’rkam imoratlari b-n ko’zga tashlangan. Amir Temur bunyod etgan bog’lar ichidagi K.lar shaklu sha- moyili b-n me’moriy taraqqiyotda yangi davr ochgan. Samarqand atrofida bunyod etilgan (14-16 a.larda) bog’-rog’lar ichidagi K.lar haqida tarixiy manbalar aniq ma’lumot beradi. Samarqanddagi Ko’ksaroy, Shahrisabzdagi oq saroyni Bobur K.lar qatoriga kiritgan. K. me’- morligi Turkiya, Xitoy, Yaponiya va b. mamlakatlarda keng tadbiq etildi. EV- ropaga ham Sharq orqali (“kiosk shakli- da”) kirib kelgan. Po’lat Zohidov.