Kosmik suratga olish
Kosmik suratga olish – er, OS- mon jismlari va b. kosmik hodisalarni Er atmosferasi tashkarisida turgan apparaturalar (er sun’iy yo’ldoshlari, kosmik kema va b.) yordamida suratga olish; elektromagnit spektrining tur- li sohalaridagi tasvirni beradi. Erni K.s.o.ning masshtabi 1:1000000 – 1000000 bo’lib, bunda juda katta maydonning (bir necha o’n ming kv. km. dan tortib, deyarli Erning yarim shari sirtigacha) bir bu- tun xarakterli tasvirini suratga olish mumkin. K.s.o. usullari: aylanish davri qisqa bo’lgan kosmik apparatlar yordami- da 150-300 km balandlikdan, aylanish davri uzun bo’lgan kosmik apparatlar yordamida 300-950 km balandlikdan suratga olish, radiotelevizion siste- malar asosida tasvirlarni erga uzatish, 36 ming km balandlikdagi geostasionar yo’ldoshlardan tasvirlar olish va erga uzatish, oy va sayyoralar sirtidan erni suratga olish va radiotelevizion yo’l b-n axborotlarni erga uzatish. Olingan fotosuratlar, er atmosferasi, litosfe- rasi, gidrosferasi va biosferasining regional, strukturali, global xususi- yatlarini o’rganishga imkon beradi. Shu- ningdek, K. s. o. Erning ma’lum regioni- ni qisqa vaqt ichida qayta-qayta suratga olish mumkin. Bu esa davriy (sutkali, fasliy va b.) va epizodik (vulkan otili- shi, o’rmon yong’inlari, suv toshqinlari va b.), xo’jalik faoliyatlarining turli ko’rinishlari (hosilni yig’ish, sug’orish, suv havzalarini to’ldirish va b.) kabi hodisalarning dinamik tuzilishini o’rganish uchun sharoit yaratadi. Kosmos- dan suratga olish birinchi marta: ra- keta yordamida — 1946 y. da, er sun’iy yo’ldoshlari yordamida — 1960 y.da, kos- mik kema yordamida — 1961 y.da boshlan- Di. K. s. o. da oq-qora, rangli foto va televizion suratga olishdan tashqari, infraqizil, mikroto’lqinli, spektrome- trik va fotoelektron tasvirlarni olish ham amalga oshiriladi.