Ko’z shikastlanishi

Ko’z shikastlanishi – ko’zning turli jismlar (tosh, qum, tsement, ohak, metall, yog’och, shisha, ko’mir va h.k.)dan shi- kastlanishi. Bunda ko’z achishib og’riydi, ko’p yosh oqadi va bemor yorug’likka qaray olmaydi. Ko’zning shikastlanishi, aso- san, 3 turli bo’ladi: jaroxat, lat eyish va kuyish. Ko’zni shikastlovchi jismlar kat- ta, o’rtacha va maydaroq, o’tkir va o’tmas, qattiq, suyuq va nur shaklida; ular mix, pichoq, qaychi, vilka, o’tin, tayoq, tara- sha, yoy kabi uchi o’tkir kesuvchi narsalar bo’ladi. Mayda jismlar kuchsiz urilsa, ko’zni tyoshib utmaydigan jarohatlarga olib keladi. Yot jism ko’zga qattiq Teg- sa, shox parda yoki ko’z oqini teshib ko’z ichiga kirishi, ayrim holdarda ko’z soqqasini tyoshib chiqib ketishi mum- kin. Ko’z soqqasi og’ir shikastlansa, o’z shaklini yo’qotadi. Ko’z jarohatlarida kon’yunktiva ostiga va ko’zning ichiga qon quyiladi (gifema, gemoftalm). Ko’z ichiga yot jismning kirishi va og’ir shikastlanishlar oqibatida ko’z ko’rmay qoladi. O’tmas narsalarning tegishidan ko’z lat eyishi, uning tashqi va ichki qismlarida og’ir o’zgarishlar paydo bo’lishi mumkin. Ko’zning pardalari va ichiga qon quyilishi, shishishi natija- sida ko’rish xiralashadi. Ular so’rilgach, ko’rish yaxshilanadi, ba’zan esa to’r par- daning shikastlanishi ko’rlikka olib ke- ladi. Ko’zning kuyishi termik, kimyoviy va termokimyoviy bo’ladi. Kislota va ishqorlardan ko’rish a’zolarining ol- dingi qismi, qovoq terisi, shilliq va shox pardalar kuyishi mumkin. Ko’z soqqasining ichiga kimyoviy moddalar ki- rishi og’ir asoratlarga olib keladi. Ish jarayonida ultrabinafsha, inf-raqizil, rentgen va b. nurlar ko’zga zarar etkaza- Di. O’t ochuvchi turli qurollardan ham ko’z jarohatlanadi. Ko’z shikastlanganda darqol umumiy amaliyot vrachiga yoki ko’z vrachiga mu- rojaat qilish zarur. K.sh.ning oldini olish uchun himoya ko’zoyvagi taqish, ish joyi gigieva va xavfsizlik texnikasi qoidalariga mos jihozlanishi zarur.