Kozlovskiy Aleksey Fyodorovich

Kozlovskiy Aleksey Fyodorovich (1905.15.10, Kiev – 1977.3.1, tosh- kent) — kompozitor, dirijyor, pedagog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1944), O’zbekiston xalq artisti (1955), prof. (1958). Moskva konservato- riyasini tugatgan (1931). 1936 y.dan tosh- kentda yashagan. O’zbek davlat musiqali (keyinchalik O’zbek opera va balet) teatri dirijyori (1938-41), O’zbek davlat filar- moniyasi simfonik orkestrining badiiy rahbari va bosh dirijyori (1949—I 63). 1944 y.dan Toshkent konservatoriyasida o’qituvchi, kafedra mudiri (1949-54 va 1962-77). H.Nosirova ijrosida xalq, ashulalaridan “fig’on”, “gul yuz o’zra”, “O’zgancha” va “Tanavor”ni yozib olib, ularni ayni shu xonanda ovozi va sim- fonik orkestr uchun nihoyatda yuqori badiiy saviyada qayta ishlagan (1937). “Ulug’bek” operasi (1942, yangi tahriri — 1958), “Tanavor” baleti (1971), “dav- Ron ota” (T.Sodiqov b-n, 1941), “Shera- li” (S.Vasilenko, M.Ashrafiy b-n, 1942) musiqali dramalari, “Lola” simfonik syuitasi (1937), vokal-simfonik, kamer- cholg’u asarlar, o’zbek xalq cholg’ulari uchun asarlar, qator spektakllarga, “Tohir va Zuhra” (1945), “Nasriddinning sar- guzashtlari” (1946) badiiy filmla- riga musiqalar yozgan. Kompozitorlik mahorati o’zbek kuylarini teran badiiy ifoda vositalari b-n uyg’unlashtirishda, etuk opera, balet, simfonik asarlarida Evropa va Sharq musiqa xususiyatlarini uzviy bog’lashida namoyon bo’lgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). Ad.: V i z go T., Aleksey Kozlovskiy, M., 1966.