KREDIT

KREDIT (lot. qarz) – pul mablag’lari, tovar va xizmatlami kelishilgan ustama foiz to’lab qaytarish sharti bilan ma’lum muddatga qarzga berish. Kreditning tijorat va bank krediti shakllari mavjud bo’lib, ular ishtirokchilarning turi, kreditlash obyekti, foiz o’lchami va foydalanish sohasiga ko’ra farqlanadi. Tijorat krediti shuki, ishlab chiqarishda va savdoda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o’zaro bir-birlariga sotilgan tovarlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar to’lovini belgilangan muddatda amalga oshiradilar. Bunda, asosan, qarzdorlik kreditpullari, ya’ni veksel, banknot, chek va kredit kartochkalari bank vositachiligida rasmiylashtiriladi. Bank krediti pul mablag’larini ssudaga berishdan iborat bo’lib, 3 xil muddatli bo’ladi: qisqa, o’rta va uzoq muddatli.