Kreking

Kreking (ing. cracking — parcha- lanish) —neft yoki uning fraktsiyasini destruktiv (strukturasini buzib) qayta ishlash jarayoni; ogir uglevodo-rodlar molekulalarining parchalanishi (AJ- ralib chiqishi) va qayta joylashishiga asoslangan. Asosan motor yonilg’isi, PLA- stik massalar, tolalar, eritgichlar uchun kimyoviy xom ashyo olishda qo’llaniladi. K.ning 2 asosiy (termik va katalitik) turi bor. Term i k K. yuqori t-ra ta’si- rida amalga oshadi; uning 3 ta: yuqori bosim ostida suyuq fazali (40-60 at. bosimda, 470 — 540° t-Rada), past bosim ostida yoki bug fazali (3 at., 500-550°), past bosim va yuqori t-Rada yoki piroliz (1 at., 650-750°) usullari bor. Katali- tik K. bir vaqtda yuqori t-ra va katali- zatorlar ta’sirida amalga oshiriladi. 1918 y.da N. D. Zelinskiy birinchi bo’lib katalitik K.ni tatbiq etgan. Katalizator sifatida alyuminiy-xlorid ishlatilgan. 1936 y.da frantsuz muhandisi ud-ri yangi texnologik sxema (katalizator — alyu- mosilikat) yaratgach, katalitik K. keng qo’llanila boshladi. Bu esa oktan soni 80 — 85 bo’lgan yuqori sifatli aviasiya benzini olishga imkon berdi. Neftning kerosin — gazoyl fraktsiyasi xom ashyo bo’lib xizmat qildi. Katalitik K.lash 450-520° ga yaqin t-ra va 2-3 ATM. bosi- mida amalga oshadi. K. suv bug’i ishtiro- kida, vodorod bosimi ostida ham boradi (gidro kreki n g). Shuningdek, K. jara- yonining borish sharoiti (t-ra, bosim) ga, xom ashyoning vazifasi va turiga, tex- nologik jiqozlanishiga bog’liq bo’ladi. Jarayonning borish sharoitiga qarab gaz, benzin bug’i va og’ir fraktsiyalar (ligro- inli, kerosinli, gazoylli, solyarli va qoldiq) dan tashkil topgan mahsulotlar aralashmasi hosil bo’ladi. Zavonaviy K. ko’pgiva kimyoviy mahsulotlar (atseti- Len, etilen, benzol, ksilollar, vaftalin va b.), shuningdek, qayta ishlanayotgan mahsulot massasiga nisbatan 70% gacha benzin olishga imkon beradi.