Kristallokimyo

Kristallokimyo, kristallar k i m yo s i — kristallarning strukturasi va xususiyatlari Ayvan shu kristallar- ning kimyoviy tarkibiga bog’liqligini o’rganadigan fan. K. kristallografiya b-n uzviy bog’langan. Kristallar struk- turasini muntazam tadqiq qilish 1912 y.da kristall panjarasida roentgen nurlari difraktsiyasi hodisasi kashf qilingandan keyin boshlandi. Modda strukturasini aniqlashning asosi — bu E. S. Fyodorov tomonidan ishlab chiqilgan simmetriyaning fazoviy guruhi nazariya- sidir. Kristallar strukturasining dif- raktsion (rentgenostruktura, elektro- nografiya, neytronografiya, messbaer va b.) metodlari yordamida strukturaning geometrik tavsifini bilishga imkon beruvchi tajribaviy aniqlash ma’lu- motlariga asoslanadi. K. bo’yicha ma’lu- motlar er po’stining ashyoviy tarkibini o’rganish b-n bog’liq bo’lgan (mineralo- giya, petrografiya, foydali qazilmalar to’g’risidagi ta’limot, geokimyo) barcha geol. fanlarining asosini tashqil eta- Di. K. minglab kimyoviy moddalarning kristallik strukturasi haqidagi ma’lu- motlarni qamrab olgan. Odatda, har bir kristalli modda o’ziga xos strukturaga ega. Birok, turli moddalar (mas, NaCl va KS1, Vg2 va S1,)ning strukturalari Ayvan o’xshash. Bunday moddalar ko’pincha aralash kristallarni hosil qiladi (q. Izomorfizm). Ayni vaqtda bitta kimyo- viy moddaning o’zi turli sharoitlarda har xil tuzilishga ega bo’lishi mumkin (q. Polimorfizm). K.da kristalli strukturalarni gomo- desmik (koordivasion) vageterodesmik strukturalarga bo’ladilar. Birinchisi- da barcha atomlar fazoviy karkas hosil qilib bir xil kimyoviy bog’lar orqali Birlashgan. Biroq kristalli moddalar ko’p holdarda geterodesmik strukturaga ega. Uning o’ziga xos tomoni — struktu- rali fragmentlari bo’lib, ularning ichi- da atomlar o’zaro mustahkam bog’langan. Bu fragmentlar atom, zanjir, katlam, karkaslarning oxirgi guruhlaridan iborat bo’lishi mumkin. Shunga muvofiq ravishda orolli, zanjirli, katlamli va karkasli strukturalar farq qilinadi. Deyarli barcha organik birikmalar va ga- logenlar kabi boshka noorganik modda- lar ham orolli strukturaga ega. Moleku- lalar “orollar” vazifasini bajaradi, shu bois bunday kristallarni molekulyar kristallar deb ataladi. Atomlarning o’zaro (gomodesmik strukturalar miso- lida) yoki struktura fragmentlari ora- sidagi (geterodesmik strukturalarda) bog’lanish xarakteri bo’yicha kovalentli, ionli, metalli va molekulyar Kristal- lar farq qilinadi. So’nggi guruh eng ko’p tarqalgan. Bunday guruhlarga bo’lish bir qadar shartlidir, chunki kristallar asta-sekin bir guruhdan boshqa guruxga o’tib turadi. Biroq turli guruhga mansub tipik vakillari xususiyatlari b-n o’zaro jiddiy farq qiladi. K. minerallar va ularning Kristal- lik tuzilishining fizik, kimyoviy va genetik tavsifi o’rtasidagi miqdoriy aloqalarni o’rganish b-n minerallar tasnifi uchun nazariy asos yaratadi. Har xil genezisli minerallar kristallari (nuqsonli, izomorf tarkibli, stexome- trik va h.k.)ning strukturaviy tavsifi variasiyalari tipomorf belgilar sifa- tida foydalaniladi. K.da yangi yo’nalish — turli geologik formasiyaga oid tog’ jinslaridagi minerallar evolyusi- yasini K. nuqtai nazaridan o’rganuvchi geokristallokimyo vujudga keldi. K.ning oldindan belgilangan xususiyatlarga ega bo’lgan moddalarni sintez qilish muammolarini hal qilishda roli kat- ta bo’ldi. Bu hoz. zamon texnikasida qo’llaniladigan yangi materiallar yara- tishda juda ahamiyatli. Ad.: Bokiy G. B., Kristalloximiya, 3 izd., M, 1971; Povarennix A. S, Kristal- loximicheskaya klassifikasiya mineral- nix vidov, Kiev, 1966.