Kseroderma, pigmentli kseroderma
Kseroderma, pigmentli kseroderma (Yun. xeros — quruq va derma) — terining nasldan-naslga o’tadigan tug’ma kasalligi; dermatozlarta kiradi. Bunda teri quyosh nuri (ultrabinafsha nur)ga o’ta sezgir bo’ladi. Asosan, bola hayotining birinchi yillaridayoq namoyon bo’ladi. Oftob badanning ochiq joyla- riga (yuz, qo’l-oyoqqa) tushganidan keyin, u erda eritematoz (q. Eritema) va Pig- mentli dog’lar paydo bo’la boshlaydi: teri quruqshab, qazg’oqlaydi, bora-bo- ra teri yupqa tortib, burishadi (burun qirralashib, og’iz tortishib qoladi), kon’yunktivit, ko’z qovoqlarining qayrilib qolishi va h.k. kuzatiladi. Bo- laning yoshi kattalashgan sayin (8-10 yoshlarda) terisida so’galsimon yoki Pa- pillomatoz o’simtalar paydo bo’lib, epi- teliomalar (rak, bazalioma, melanoma va b.) ga aylanishi mumkin (q. Papilloma). Bemorga kortikosteroidl ar, vitamin- lar, rentgenterapiya buyuriladi, ba’zan jarrohlik usuli qo’llaniladi.