Kuchala, chayono’t
Kuchala, chayono’t (Arum korolkovii Rgl.) — 1) kuchaladoshlar oilasiga man- sub tuguvaqli, ko’p yillik, zaharli o’t. Bo’yi 40-50 sm. Bargi shapaloq, uzun bandli. Barg bandining ostki qismi qin hosil qilib, poyani o’raydi. Gullari ay- Rim jinsli, to’pguli so’tasimon. Yuqori qismida changchi, quyida esa urug’chi gul- lar joylashgan. Toshkent, Farg’ona va Samarqand viloyatlarining tog’urmon- laridagi zax erdarda o’sadi. May oyida gullaydi, urug’i iyunda pishadi. Tuguva- gida saponin, kraxmal, mevasida karoti- noid, likopin bor. Tugunagidan tayyor- langan tolqon xalq tabobatida ilon va chayon chaqqanda, kunjut moyiga qorilgan tolqonidan pishirilgan non bavosir- ni, asalga qorilgan K. tolqoni esa pes- ni davolashda qo’llanadi. Yanchilgan tu- gunagini unga qorib sichqon, kalamush va b. kemiruvchilarni zaharlaydigan xo’rak tayyorlanadi; 2) ko’pchilik daraxt o’simliklar (qayin, terak, tol) ning Shin- gilsimon to’pguli; gullaganidan (urug’chi K.) yoki urug’laganidan keyin (changchi K.) yaxlit to’kiladi.