KUCHAROV AMAKBOY

KUCHAROV AMAKBOY (1932.25.9, Forish tumani) —O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1997). Toshkent pedagogika institutining kimyo-biologiya fakultetini tugatgan (1964). 1957 yildan Sirdaryo tumanidagi 11-o’rta maktab o’qituvchisi, 1967 yildan direktori. Kucharov Kadrlar tayyorlash milliy dasturini maktabda amalga oshirish maqsadida bir qator tadbirlar ishlab chiqdi. Jumladan, maktabda o’quvchilar bilimini baholashning ko’p balli tizi mi joriy etildi.