KUCHING

KUCHING — Malayziyadagi shahar, Kalimantan orolining shimoli-g’arbida. Saranak shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 148,7 ming kishidan ziyod (1990- yillar o’rtalari). Kuching daryosining Janubiy Xitoy dengiziga kuyilish joyidagi dengiz porti (chetga kauchuk, palma moyi, kakao, kopra chikaradi). “Batik” gazlamasi ishlab chiqarishning an’anaviy markazi. Kema verfi, doklar bor. Turizm rivojlangan.