Kuchuktepa
Kuchuktepa — so’nggi jez va ilk temir davriga oid qo’rg’on xarobasi (mil. AV. 10-5-a.lar). K. Ko’hitang tog’ining Jan. yon bag’rida, Ulanbuloqsoy bo’yida, Murzarabod qishlog’i yaqinida joylash- gan. K. aylana shaklda bo’lib, asosi 320 m, yuqori qismida 150 m ga yaqin. Bal. 8 m. Shim.-Sharqiy tomonda alohida uy- larning xarobalari joylashgan. Umu- miy mayd.-0,5 ga. Yodgorlik L. I. Al- Baum tomonidan aniqlangan (1962). Arxeologik tadqiqot ishlari 1963-84 y.larda (uzilishlar b-n) olib borilgan (A. Asqarov). Yodgorlikning Markaziy qismi to’liq ochib o’rganilgan. K. tarixi- da 4 ta me’moriy bosqich mavjud bo’lgan. 1-bosqichga oid bino 4 m qalinlikdagi maxsus sun’iy ko’tarma ustiga qurilgan. Bino to’g’ri to’rtburchak shaklda bo’lib, shim., G’arb va Jan. tomonlardan mudofaa devorlari b-n o’ralgan .Binoning umumiy mayd. 60 m2 ni tashkil etgan. 2-me’mo- riy bosqichda Sharqiy tomondan binoga yana 4 ta xonadan iborat uy qurilgan. Na- tijada bino kvadrat shaklga ega bo’lgan. Bino 2 qator mudofaa devorlari b-n o’ralgan. 3-me’moriy bosqichda binoning Sharqiy va Jan. tomonlarida yangi turar joylar barpo etilgan va u yana bir qator mudofaa devori b-n o’ralgan. 4-me’moriy bosqichda oldingi davr turar joylari o’rnida yangi uylar barpo etilgan. Bi- noning dastlabki ko’rinishi saqlanib qolgan. Jan. va Sharq tomondan bino yangi qalin mudofaa devori b-n o’ralgan. Binoning umumiy mayd. 250 m2 ni tash- kil qilgan. Asosiy qurilish materiali sifatida to’g’ri to’rtburchak shakldagi xom g’ishtlardan foydalanilgan. K.dan qo’lda va kulolchilik charxida tayyorlangan so- Pol idishlar, o’roqsimon tosh pichoqlar, bolg’alar, o’g’ir dastalari, havonchalar, yorg’uchoqlar, jez pichoklar, bigizlar, pay- konlar, xanjar va suyak bigizlar topil- gan. K. O’rta Osiyoning shim. Hududlaridan ko’chib kelib, o’troklashgan chorvador- larning mudofaa devorlari b-n o’ralgan manzilgohidir. Ular o’z taraqqiyotida mahalliy dehqon aholining madaniy yutuqlaridan keng foydalanganlar. K.da hayot uzluksiz 400— 500 y. davom etgan. K. aholisi dehqonchilik va chorvachilik b-n shug’ullangan. Ad:. Al Bau m L. I., K datirovke verxnego sloya poseleniya Kuchuktepe. IMKU, VIP. 8, T., 1969; Asqarov A. A., Albaum L. I., Poselenie Kuchuktepa, T., 1979; Shaydullaev Sh. B., Severvaya Bak- triya v epoxu rannego jeleznogo veka, T., 2000. Shokirjon Pidaev.