Kunlun, Kuen-Lun

Kunlun, Kuen-Lun (Xitoy tili-da Gun-Lunshan — piyozli tog’lar)— Osiyoda maydoni jihatidan eng yirik tog’ sistemalaridan biri, Xitoyda. Tibet tog’ligining shim. va Sharqiy chekkalari bo’ylab 2700 km ga cho’zilgan. Suvayirg’ich tizmalarining bal. 6000— 6500 m. K., asosan, kenglik yo’nalishidagi juda ko’p tizmalardan iborat. Eni g’arbda 150 km, sharqida 600 km gacha. Eng baland joyi Ulug’muztog’cho’qqisi (7723 m). Boshqa ba- Land cho’qqilari: Cho’ngqorlitog’ — 7720 m, qo’ng’ir— 7579 m, Muztog’ — 7272 m va b. K.ning nisbiy balandligi Tibet tog’ligidan 1000-1500 m, Qashqar te- kisligi va Alashan cho’lidan 4500 m gacha. K., asosan, paleozoyning metamor- FIK va granit jinslaridan tuzilgan. Foydali qazilmalardan oltin, temir rudasi, qalay, volfram, ko’mir, nefrit, olmos konlari topilgan. Iqlimi quruq, mo”tadil, keskin kontinental iqlim. Baland tog’zonasida yanv. oyining t-rasi -35° gacha, iyulniki 10° ga yaqin. Yili- ga g’arbida 50 mm dan sharqida 500 mm gacha yog’in to’shadi. Muzliklarning mayd. 11,6 ming km2. Daryolari qisqa, kamsuv. K.ning markazida (Vanshan tog’lari) Kukunor ko’li joylashgan. Tog’, dasht va cho’l landshafti xos, shim. yon bag’irlarida qoraqarag’ay, archa o’r-monlari, bu- tazorlar bor. Yaylovlardan ko’chmanchi chorvachilikda foydalaniladi. 3600 m ba- landlikkacha voha dehqonchiligi (arpa va bug’doy) rivojlangan.