KURDLAR

KURDLAR (o’zlarini kurd, kurmanj deb ataydilar) — xalq. Turkiyada (7,5 million kishidan oshiq), Eronda (5,6 million kishiga yaqin), Iroqda (kurd Muxtor viloyatida 3,7 million kishi), Suriyada (745 ming kishidan ortiq) va boshqa mamlakatlarda yashaydilar. Umumiy soni 18 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Kurd tilida so’zlashadilar. Dindorlari — asosan, sunniy musulmonlar, yazidlar va boshqalar ham bor.