Kuren

Kuren (mo’g’ulcha xureen — qalqa, qarorgoh) — 1) ko’chmanchilar yashaydigan manzil. Mo’g’ullarning o’tovlari va ara- na uylari halqa shaklida o’rnatilgan, o’rtada qabila boshlig’i (urug’oqsoqoli) ning o’tovi bo’lgan. K. so’zining olomon, qabila ma’nolari ham bor. (V. Radlov); 2) ruscha kuren (uy) so’zi ham K.dan olingan. Zaporoje Sechit joylashgan harbiy bo’linma. Bu K. 38 ta kazaqlar K.iga bo’lingan. K.lar kazaqlarning kel- gan joyi nomi b-n atalgan (mas. Poltana K. i, uman K. i. va b.); 3) O’zbekcha “ko’ch- ko’ron” so’zi tarkibidagi ko’ron o’sha mo’g’ulcha so’zdan kelib chiqqan. Keyingi asrlarda bu so’z Xiva xonligida atrofi devor b-n o’ralgan istehkomga nisbatan qo’llanilgan; tevarak-atrofdagi kishi- lar yovgarchilikda ana shu joyga yashirin- gan. Navoiy viloyatining, Konimex tuma- nida K. nomi b-n ataladigan qishloq ham bor.