KURUKSHETRA

KURUKSHETRA – Jamna va Ganga daryolari oralig’ining shimol qismida va Jamva va Satlej daryolarining yuqori oqimlari bo’yidagi tekisliklarda qadimgi hind qabilasi kurular yashagan viloyat. Kurukshetra, shuningdek, Mahabharatasa bayon etilgan afsonaviy buyuk jang sodir bo’lgan maydon (Dehlidan shimolda joylashgan tekislik).