Kutikula
Kutikula (lot. cuticula — teri) — 1) epiteliy hujayrasi sirtini qoplab turadigan pishiqqanat. Umurtqasiz hayvonlarda K. gipoderma (bir qanat epiteliy)dan hosil bo’lib, asosan, ta- yanch va himoya funktsiyasini bajaradi. Bo’g’imoyoqlilar K.si qattiq bo’lib, ular- ning o’sishiga xalaqit beradi. Shuning uchun ular tullab (pust tashlab) o’sadi (q. Tullash). K. tarkibiga xitin, oqsil, lipid va mineral moddalar kiradi. XI- tin va oqsillar K. ning pishiqligini, lipidlar uning suv o’tkazmasligini ta’minlaydi. K. dastlab yassi chuval- changlarda paydo bo’lgan. Tangachalar, qalqonlar, tuklar, qillar K.dan vujudga keladi. Umurtqali hayvonlar va odamda K. ichki organlar (ichak, nafas va siy- Dik yo’llari)ning ichki yuzasini qoplab turadigan epiteliy hujayralari sirti- dagi mikrovorsinkalardan iborat; 2)1 o’simliklarda — er usti organlari (barg, poya, ayrim mevalar) sirtini qoplab tu- radigan yog modda (kutin)dan iborat. Epidermis hujayralarida sintezlangan kutin sirtga chiqib, K. hosil qiladi va qisman hujayra qobig’i tashqi devoriga ham shimiladi. K. va u shimilgan hujayra qobig’i kompleksi tsellyuloza, pektin, ku- tin, mum va b. moddalardan iborat bo’lib, ko’p qanat hosil qiladi. Kserofitlar K.si ayniqsa yaxshi rivojlangan bo’lib, mum kristallari b-n qoplangan.