KUZUPCHI
KUZUPCHI — Xitoydagi qumlik. Or- dos platosining shim. chekkasi va Xuanxe daryosining o’ng sohilida, 1100— 1700 m balandlikdagi terrasalarni egallaydi. O’z. 370 km, kengligi 40 km gacha. Qumning qalinligi 100 m gacha. 15-30 m baland- likdagi harakatlanuvchi barxanlar yarim ko’chmas qumlar b-n almashinadi. Sho’rxok, ko’l, taqirlar uchraydi. K.ning Sharqiy chekkasida “kuylovchi” qumlar bor. Kuy (qad. turkcha ko’ch, xitoycha Syuy — ohang so’zidan), melodiya — 1) musiqa san’ati- da asosiy ifoda vositasi, bir ovozli, badiiy tug’allangan musiqiy fikr; turli balandlik va cho’zimdagi musiqiy tovush (toi)larning o’zaro uyushib tugal shak- lga tushgan birikmasi. Musiqiy jumla va ibo-ralarga bo’linadi. K. bir ovozli musiqa tizimiga asoslangan monodiya- da., shuningdek, ko’p ovozli polifoniya (boshqa ovozdagi kuylar b-n birgalikda) hamda gomofoniya (akkordlar yoki boshqa ovozlar jo’rligida) uslublarida namoyon bo’ladi. Monodik musiqada K. tugal ba- diiy obrazning yagona musiqiy ifodasi hisoblanadi, ko’p ovozli musiqada esa badiiy mazmun bosh ovoz yoki bir necha ovozlar, shuningdek, garmoniya va kontra- punkt vositalari orqali ham ifodalana- Di. K. musiqaning ko’p bo’g’inli ifoda- viy vositasidir, unda aksariyat musiqa unsurlari — tovushqator, lad, ritm (vazn-usul), ijro sur’ati, cholg’u to-vushi va inson ovozining tusy (tembr) va b. mujassamlashgan. K. an’anaviy hamda kompozitorlik musiqa ijodining eng qimmatli badiiy vositasi hisoblanib, unda tarixiy va mahalliy uslublar, milliy ohang hamda musi-qiy tushuncha- lar o’z aksini topadi. O’rta asrlar turkey adabiyotida Abdulqodir Marog’iy, Navo- iy K.ni ko’g (ba’zan — ko’k) deb atashgan: dedim tarovae jonbaxsh mutribo, sen xud firoq sozi tuzub ulturur ko’gi chol- ding. (Navoiy, “Xazoyin ul-maoniy”) Shu b-n birga, Xusayn Boyqaro va Bo-bur asarlarida Ayvan K. tarzi va K. ma’nosida uchraydi. O’rta asr musiqa ri-solalarida K. masalalari keng yori- tilgan (Yava q. Alhon); 2) turkiy tilli xalqdar (o’zbek, qozoq, qirg’iz, turk va b.) da har xil shaklli cholg’u musiqa asari.