Kvant kuchaytirgich
Kvant kuchaytirgich – uyg’ongan atom, molekula va ionlarning majburiy nurlanishi hisobiga radiodiapazon- dagi elektromagnit to’lqinlarni ku- chaytiradigan qurilma. 1956 y.da AQSh da o’ta yuqori chastotali elektromagnit to’lqinlar va tebranishlarni kuchayti- ruvchi paramagnit kristallardan yasalgan kvant kuchaytirgichlar yaratildi. K.k.ning ishi atomdagi elektronlar energiyasi- ning kvant mexanika qonunlariga aso- san o’zgarishiga bog’liq. Shuning uchun erkin elektronlari oqimi klassik me- xanika qonunlariga bo’ysunuvchi oddiy kuchaytirgichlardan, lampali kuchaytir- gichlardan farq qiladi. K.k.larda ish- tirok etuvchi paramagnit ionlarning soni o’zgarmaganligi sababli ularda miqdoriy o’zgarish shovqini bo’lmaydi. U past t-Rada ishlanganligi tufayli uning issiqlik shovqini kichik (shovqin, asosan, spontan — o’z-o’zidan nurlanish b-n bog’liq), sezgirligi juda yuqori. K. k.larda elektromagnit to’lqin faol muhitdan o’tib uyg’ongan faol markaz hisobiga o’z energiyasini ko’paytiradi. K.k.ning boshqa kuchaytirgichlardan af- zalligi — xususiy shovqinlarining pastligi va yuqori darajada sezgirligi- dir. K.k.lari radiofizika qurilmalari xarakteristikalarining turgunligi, sezgirligi, quvvatini oshiradi, optika- da o’ta kuchli monoxromatik yorug’lik man- Bai hosil qiladi. Ulardan muhitning yorug’lik ta’sirida o’zgarishini o’rganishda, rangli va hajmiy tasvirlar- ni olishda, tibbiyotda, nozik ko’z opera- tsiyalarini amalga oshirishda, texnikada hisoblash mashinalari elementlarini tuzishda, materiallarni qayta ishlashda, aloqa va lokasiya maqsadlarida, kimyo- viy reaktsiyalarni boshkarishda va xalq xo’jaligining turli soqalarida foyda- laniladi.