Kyoler (Kdhler) Georg

Kyoler (Kdhler) Georg (1946 yil) -nemis biokimyogari. Frayburg (Germaniya) va Bazel (Shveytsariya) universitetlarini tugatgan. M.Planke jamiyati immunobiologiya instituti direktori (1985 yildan). Immunoglobulin genlarining ekspressiyasi ustida tadqiqot olib borgan. Monoklon gibridomalar (gibrid hujayralar) olish usulini ishlab chiqqan va klon nazariyasini rivojlantirgan. Nobel mukofoti laureati (1984, S.Milshteyn, N.Erne bilan hamkorlikda).