La-Korunya

La-Korunya — Ispaniyadagi shahar, Galitsiya Muxtor viloyatida. La- Korunya provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 367,7 ming kishi (1998). Atlantika okeani sohilidagi port. Neftni qayta ishlash, alyuminiy, kemasozlik, oziq-ovqat (asosan, baliqni qayta ishlash), to’qimachilik sanoati korxonalari bor. Qurol ishlab chiqariladi. Baliq ovlanadi. 12-18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan.