Labirintit

Labirintit — ichki quloq — labirintning yallig’lanishi. Kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizm yoki toksin ichki quloqqa qaysi yo’l bilan o’tganligiga qarab timpanogen (o’rta quloqdan), meningogen (miya qobig’idan) va gematogen Labirintitga ajratiladi. Kasallik o’tkir va surunkali, tserroz va yiringli, nekrozli turlarga bo’linadi; yallig’lanish jarayoni cheklangan yoki tarqoq bo’lishi ham mumkin. Labirintitda bosh aylanishi, og’rishi, qusish, quloq shang’illashi, muvozanat buzilishi, nistagm va boshqalar kuzatiladi. Davo kasallikning kechishi va xiliga qarab buyuriladi.