Laboyoqlilar

Laboyoqlilar (Chilopoda) – ko’poyoqlilar kenja sinfi, ayrim ma’lumotlarga ko’ra sinfning nomi. Tanasi yassi yoki tsilindrsimon uzun, bosh va bo’g’imlarga bo’lingan gavdadan iborat. Deyarli har bir bo’g’imda bir juftdan yurish oyoqlari bo’ladi. Boshida bir juftdan antenna va yuqori jag’lar, 2 juft pastki jag’lar bor. Antennalar asosida bir to’p oddiy ko’zlari joylashgan, ayrim Laboyoqlilarning ko’zlari bo’lmaydi. 1-juft yurish oyoqlari oyoq-jag’larni hosil qiladi. Ular asosida joylashgan zahar bezlari yo’li tirnoqlarining uchki qismiga ochiladi.