Lagerlyof (Lagerlof) Selma
Lagerlyof (Lagerlof) Selma (1858.20. 11 – Morbakka – 1940.16.3) — shved yozuvchisi. Shvetsiya akademiya a’zosi (1914). Birinchi va ko’zga ko’ringan yirik romani — “Iyost Berling haqida Saga” (1891). Asar romantik uslubda yozilgan bo’lib, unda shved dehqonlarining turmush tarzi, orzu-umidlari aks ettirilgan. Lagerlyof Sitsiliya, Falastin va Misr safarlaridan so’ng “Dajjolning mo’jizalari” (1898) kitobi va “Quddus” (2 jildli, 1901 — 1902) romanini yozgan. Bolalar uchun yozilgan “Nils xolgerssonning Shvetsiya bo’ylab g’aroyib sayohati” (1906) romani va “botqoqdagi fermadan chiqqan qizcha” (1907) asari mashhur. Nobel mukofoti laureati (1909).