Lahhom Abulhasan Ali al-Harroniy
Lahhom Abulhasan Ali al-Harroniy (? -970, Nishopur) — shoir. Buxoro, Xorazm, Termizda yashagan. Ijodida hajv asosiy o’rin tutgan. Hajvlari, asosan, zamondosh maddoh shoirlar va davlat arboblariga qaratilgan. Lahhom vazir Abu Ali al-Bal’amiy (960-74)ni hajv qilgani uchun ta’qibga uchragan va Buxorodan chiqarib yuborilgan. “Yati-mat ud-dahr”da Lahhomning 350 misra she’ri saqlangan. Frantsuz adabiyotshunosi barbe de menar (19-asr) Lahhomni “Somoniylar davrida Buxorodan chiqqan Yuvenal” deb atagan.