Lalitpur, Patan

Lalitpur, Patan — Nepaldagi shahar, Katmandu vodiysida, Bagxmati daryosi bo’yida. Aholisi 100 ming kishidan ziyod. Hunarmandchilik rivojlangan. G’isht zavodi, bronza muzeyi bor. Diniy markaz. Shaharga miloddan avvalgi 3-asrda asos solingan. Me’moriy yodgorliklardan Qirol saroyi (9— 17-asrlar), Budda ibodatxonalari va minorasimon ibodatxonalar (12-18-asrlar), “Oltin monastir” (12-asrda asos solingan) saqlangan. 1934 yilda zilziladan qattiq zarar ko’rgan.