Lalmikon svitasi
Lalmikon svitasi – quyi bo’r davriga taalluqli yotqiziqlar kompleksi. Lalmikon tuz koni nomi bilan atalgan. Akademik O. M.Akramxo’jaev, M. Egamberdiev va X. X. Mirkamolovlar O’zbekistonning Janub va Janubi-g’arbida aniqlagan. Lalmikon svitasining qalinligi 20— 80 metr. Jinslar Laguna sharoitida hosil bo’lgan har xil rangli gil, gips va Alevrolit qatlamlaridan tashkil topgan. Stratigrafik ahamiyati bor.