Langar

Langar — Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi shaharcha (1942 yildan). Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Zirabuloq (66 kilometr). Aholisi 3,2 ming kishi (2002). Asosan, konda ishlovchi ishchi va xizmatchilar yashaydi. Buloklardan suv bilan ta’minlanadi. Umumiy ta’lim maktabi, kutubxona, aloqa bo’limi, savdo, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor.