Lapin Lev Nikolaevich

Lapin Lev Nikolaevich (1895.7.10, Rude shahri Varshava gubernyasi — 1985.8.5, Samarqand) — biokimyogar. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1954). Professor (1946), biologiya fanlari Doktori (1948). Tomsk universitetini tugatgan (1922). Samarqand tibbiyot iniversiteti professor (1931— 61), Samarqand universiteti odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyosi kafedrasi professor (1962 yildan). Ilmiy ishlari mikroanaliz usullariga bag’ishlangan. Osh tuzidagi kaliy yodid miqdorini, shuningdek, pestisidlardagi simobni aniqlash usullarini topgan (1969).