Laplas (Laplace) Per Simon

Laplas (Laplace) Per Simon (1749.23.3, Normandiya, Bomon-an-OJ — 1827.5.3, Parij) — frantsuz astronomi, matematigi va fizigi. Parij Fanlar Akademiyasi akademik (1785). Frantsiya akademiyasi a’zosi (1816). Parij harbiy maktabi professor (1766 yildan). Frantsiyada oliy ta’lim tizimini qayta tashkil etishda, Normal va politexnik maktablar yaratishda qatnashgan. O’lchovlarning metrik sistemasini kiritishga rahbarlik qilgan (1790). Laplasning ilmiy faoliyati astronomiya bo’yicha osmon mexanikasi, kosmogoniyaga; matematika bo’yicha differentsial tenglamalarga; fizika bo’yicha issiqlik, molekulyar fizika va akustikaga bag’ishlangan. Uning “osmon mexanikasi haqida traktat” asari (1798-1825) shu sohalarga bag’ishlangan. 1796 yilda Laplas Quyosh sistemasining paydo bo’lishi haqida kosmogonik gipotezani ishlab chiqdi. Algebra, ehtimollar nazariyasi, matematik fizika, termodinamika sohasidagi ishlari ham muhim. Laplas falsafiy qarashlari bilan frantsuz materialistlariga yaqin turgan.