Larsev Vasiliy Grigorevich

Larsev Vasiliy Grigorevich (1925.14.4, Qozog’iston, Semipalatinsk viloyati Beshqayrag’och tumani — 1989.12.9, Samarqand), — adabiyotshunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1977). Filologiya fanlari doktori (1970), professor (1973). 2-jahon urushi qatnashchisi (1943-45). O’zDUni tugatgan (1952). Shu universitetda fakultet dekani o’rinbosari, dekani (1956-63), rus adabiyoti kafedrasi mudiri. Samarqanddagi rus adabiyotshunoslik maktabining asoschilaridan biri. O’zbek adabiyoti, adiblari va ularning rus yozuvchilari bilan o’zaro aloqalari, adabiy ta’siri masalalari haqida asarlar (“Zarafshon qo’shiqlari”, “adabiy Samarqand”, “fan va o’zbek poeziyasi” va boshqalar) yaratgan. “Bahorni qarshilab” (1982) she’rlar to’plami nashr etilgan.