Las-Palmas

Las-Palmas — Ispaniyadagi shahar, Kanar orollari tarkibidagi Gran-Kanariya orolida. Las-Palmas provintsi – yasining ma’muriy markazi. Aholisi 352,6 ming kishi (1998). Transatlantika aloqalarining muhim tranzit punkti. Xalqaro ahamiyatdagi kema tuzatish va ta’mirlash markazi va bunker bazasi. Baliq ovlanadi. Meva-konserva va baliqni qayta ishlash korxonalari, san’at muzeyi bor. Dengiz bo’yi iqlim kurorti. Shaharga 1478 yilda asos solingan. 15-asrga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan.