Laterit

Laterit (lotincha later — g’isht) — gilsimon yoki toshsimon zich tog’jinsi. Issiq va nam iqlim sharoitidagi alyumosilikat jinslarining fizik-kimyoviy nurashining elyuvial mahsuli. Laterit nurash po’stining qalinligi 50-60 metr. Rangi qizil, goho sarg’ish-qizil. Asosan, temir va alyuminiy oksiddan tashkil topadi. Qattiq toshli (havoda), juda bo’sh yoki gilli tuzilishga ega. Tarkibi bo’yicha bu kaolinit, temir, titan, magnetit, galluzit va gibbeit aralashmasidir. Unda, odatda, eriydigan tuzlar, sulfatlar, karbonatlar, gidroslyudalar va montmorillonitlar guruhi minerallari yo’q. Gilli Lateritlar osongina yo’niladi va havoda tez qotish xususiyatiga ega bo’lgani uchun ilgaridan Hindiston va Hindixitoyda qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Lateritlar bilan temir rudalari, silikatli nikel hamda xrom, kobalt va oltin konlari bog’liq. Lateritlar ham alyuminiy olinadigan xom ashyo hisoblanadi. Lateritning eng sifatli rudalari Rossiya (Voronej viloyati)da qazib olinadi.