Latipov Abdug’ani
Latipov Abdug’ani (1878-1953) – naqqosh, samarqandlik usta. Usta Naim, usta Abduzohid bilan ishlab hunar o’rgangan. Xo’ja Yusuf, Mahmud Xorazmiy masjidlari, Abdu Darun masjidi ayvoni (1908-09, Shift to’sinida “amali usta Abdug’ani” yozuvi saqlangan), Ko’k masjid, Shayboniyxon masjidi, Bog’i baland masjidi (1910) va boshqa jamoat binolarini bezashda qatnashgan. Naqshlarining ulgu, andazalari to’plami muzeylarda saqlanmoqda.