Laveran (Laveran) Sharl Lui Alfons

Laveran (Laveran) Sharl Lui Alfons (1845.18.6 – Parij -1922.18.5) — frantsuz epidemiologi va mikrobiologi. Parij Fanlar Akademiyasi (1901 yildan) va Frantsiya tibbiyot akademiyasi a’zosi (1893 yildan). Parijdagi Paster institutida tropik kasalliklar laboratoriyasini tashkil etgan (1907). 1880 yil bezgak qo’zg’atuvchisini kashf qilgan. Ilmiy ishlari protozoy kasalliklar (bezgak, leyshmanioz, triponosomoz va hokazolar)ning etiologiyasi, profilaktikasi hamda harbiy gigiena masalalariga bag’ishlangan. Nobel mukofoti laureato (1907).