Lebedev Aleksandr Alekseyevich
Lebedev Aleksandr Alekseyevich [1893.14(26) 1, Litva — 1969.15.3, Leningrad] — rus fizigi, akademik (1943). Peterburg universitetini tugatgan (1916). Ilmiy ishlari texnik va amaliy optikaga hamda elektron optikaga oid. Shisha buyumlarini sekin-asta sovitish yo’li bilan sinmaydigan qilish nazariyasini ishlab chiqqan. Bir qancha ishlari interferentsiyani tekshirishga va undan foydalanishga bag’ishlangan. Qutblovchi interferometr yasagan (1931). Lebedev rahbarligida elektron mikroskopning birinchi namunasi (1947), tez sodir bo’luvchi jarayonlarni suratga oluvchi fotokamera yaratilgan. Ilmiy ishlari fotoelektr hodisalarni o’rganishga va nurlanish qabul qilgichlarni yaratishga tegishlidir.