LEGITIMLIK
LEGITIMLIK (fr. legitim – qonuniy) — hokimiyat va jamiyat munosabatlarining shunday sifatiki, unda itoat etuvchilar hokimiyatini eng oliy qadriyat sifatida tan olib, uning boshqarish huquqini ixtiyoriy ravishda e‘tirof etadilar. Legitimlik – hokimiyatning odamlarda mavjud siyosiy institutlarning samaradorligiga bo’lgan ishonchini shakllantirish va tutib turish qobiliyatiga asoslanadi. Legitimlik hokimiyatga ishonch va uni xalq tomonidan qabul qilinishini anglatadi. Shuningdek, Legitimlik muayyan davlat hokimyatining qonuniyligini a) fuqarolar tomonidan; b) xalqaro hamjamiyat tomonidan e‘tirof etilishini anglatuvchi qadriyatiy tushuncha. Legitimlik biror-bir faoliyat, faoliyat yurituvchi shaxs, hodisa va faktni jamoatchilik tomonidan tan olinishi hisoblanadi. Biror-bir sohaning legitimligi, uning yuridik rasmiylashtirilgan qonuniyligini anglatadi. Davlat hokimiyatining legitimligi xalq bilan davlat hokimiyati o’rtasidagi munosabatlardagi uyg’unlikda aks etadi. Legitimlik davlat hokimiyatiga nisbatan qo’llanilganda ma‘lum muddatda erishiladigan bosqich ekanligini ta‘kidlash zarur. Mamlakatdagi kuch ishlatuvchi organlar shaxsiy tarkibining ortib borishi siyosiy hokimiyat legitimligining pasayib borayotganligini bildiradi. Har qanday qonuniy hokimiyatning legitimligini ta‘kidlash qiyin va ayni paytda legitim bo’lgan hokimiyat qonuniy tusda bo‗lmasligi ham mumkin. Tarixan an‘anaviy, xarizmatik, oqilona-qonuniy shakllarda nomoyon bo’ladi.